Sardor Rahimhon - Ishonmasman

Sardor Rahimxon

Ishonmasman

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman,
So’zingdek so’zlari dono
Borligiga ishonmasman. (x2)

Sochingdan tarqalur anbar
Desam kamlik qilur, dilbar, (x2)
Bo’yingdek bo’ylari zebo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Jim qolar to’zg’igan shamol
Agar sen tabassum qilsang, (x2)
Seningdek bulbuli go’yo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Seningdek bulbuli go’yo
Borligiga ishonmasman.

Adoying ko’p, fidoying ko’p,
Shaydoying ko’pdir dunyoda,
Senga mendek biror shaydo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman.
Borligiga ishonmasman-ey,
Borligiga ishonmasman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishonmasman
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 3, 2013