Sardor Rahimxon - Ko'rgani keldik mana

Sardor Rahimxon

Ko’rgani keldik mana

Ming shukr, diydorlaringiz ko’rgani keldik mana,
Shodligim – do’st-yorlaringiz ko’rgani keldik yana.
G’am bilan, anduh bilan o’tmasin hech bir sana,
Boshingizda ushbu kun yarashgan shul toj ketmasin.
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin,
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin.

Yurmangiz aslo hayotda zoru-sargardon bo’lib,
Ko’zlagan orzu ushalsin, qolmasin armon bo’lib.
Omadingiz kelmaganda ko’nglingiz vayron bo’lib,
Sabringiz durin alamlar talonu-taroj etmain.
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin,
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin.

Gar hayot bo’lsalar biling – ota-ona g’animat,
Shukronalar qiling, farzand – eng aziz, shirin ne’mat.
Yoningizda yoringiz – baxtingizga bitgan qismat,
Har birin ko’nglin oling, sizni noiloj etmasin.
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin,
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin.

Bebahodir vaqtingizni qadrini bilingizlar,
Daryodayin oqar umr, qurir misli dengizlar.
Yoshlikni bahorday biling – serhosil bo’lar kuzlar,
Umrning oxiri qish, yozga ehtiyoj etmasin.
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin,
Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin.

Do’stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj etmasin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rgani keldik mana
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2014