• [Sardor Rahimxon]
    Malikam, endi qara,
    Eslatar seni qushlar.
    Malikam, endi qara,
    Qaytarmas seni tushlar.

    [Asal Shodiyeva]
    Kunlar soni yo`qday,
    Jonim yonar cho`g`day,
    Javob ber, ey dunyo,
    Savol dilda o`qday.

    [Sardor Rahimxon]
    Qayga ketding, yorim,
    Nurday beg`uborim?
    Seni olib ketdi
    Yosumanmi, zolim?

    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Asal Shodiyeva] Eslatar seni qushlar.
    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Asal Shodiyeva] Qaytarmas seni tushlar.

    [Sardor Rahimxon]
    Malikam, endi qara,
    Izingda yonar cho`g`man.
    Malikam, endi qara,
    Qaytmasang, men ham yo`qman.

    [Bojalar guruhi]
    O`ngga qara, chapga qara,
    Malikaxon, bitta qara.
    Malikaxon, soching tara,
    Bugun darsing to`rtta “para”.

    Jamilani yomon deding,
    Ko`rinishim somon deding,
    Qizlarga sen “come on” deding,
    O` Mali, bitta qara, e stop!

    Men sizlarga endi hozir
    She’r aytib beraman:

    Mali-Mali sumkali,
    Sumkasidan tortvolay.
    Sumkasidagi atirdan
    Chala-chulpa sepib olay.
    “Sit down, Vali”… i, voy uzr,
    Ashulanglarni buzib qo`ydim.
    Mali, xohlaganingga qarayver,
    Voy Malimish, Asalku bu…

    [Asal Shodiyeva]
    Ko`zingdagi osmon
    Jonga edi darmon.
    Yulduzlarga boqib,
    Yashar edik pinhon.

    [Sardor Rahimxon]
    Osmon nurab go`yo,
    Baxt ham bo`ldi ro`yo.
    Yuragingga o`xshab
    Vaqt ham qoldi to`xtab.

    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Bojalar guruhi] Qara, qaray qol, qara, qaray qol.
    [Asal Shodiyeva] Eslatar seni qushlar.
    [Bojalar guruhi] “Конкретно”roq aytinglar,
    Qanaqa qush, qarg`ami, musichami?

    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Bojalar guruhi] Ja bo`lmasa, choy-poyiga qara.
    [Asal Shodiyeva] Qaytarmas seni tushlar.
    [Bojalar guruhi] Voy endi oshdingku Mali,
    Iltimos, tsh-sh…

    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Bojalar guruhi] Voy problemani qara.
    [Sardor Rahimxon] Izingda yonar cho`g`man.
    [Bojalar guruhi] Voy, bola o`choqda
    Qolib ketdi-yu Mali…

    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Bojalar guruhi] Mali, nomiga bo`lsa ham
    Qarab qo`ya qol.
    [Sardor Rahimxon] Qaytmasang, men ham yo`qman.
    [Bojalar guruhi] Mali qara, bola “uje”
    Sekin-sekin “потеря”ni beryapti.

    [Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
    [Asal Shofiyeva] Bo`lmasang, men ham yo`qman.
    [Bojalar guruhi] A endi oshding, Mali!
    Hozir shu yerida she’r aytvoraman lekin hozir…
    Mali, bir minutga qaragin shundoq, ishim bor.
    Uzr-a Sardor… Yuring-yuring…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.