Sardor Rahimxon - Omon-omon

Sardor Rahimxon

Omon-omon

Olisdagi yorimga
Xushtoring omon denglar, (x2)
Vaslingga intizormish,
Kelgin yor tomon denglar.

Vaslingga intizormish,
Qaytgin yor tomon denglar.

Gullar uzib kutarmish,
Ko’z uzmasmish ko’changdan. (x2)
Ko’ngil uzib ketolmay
Har kun nigoron denglar.

Ko’ngil uzib kecholmay
Ko’zlar nigoron denglar.

Omon, omon, omon denglar,
Yoring sog’-omon denglar.
Omon, omon, omon denglar,
Hijron qiynar yomon denglar. (x2)

Maktubing surib ko’zga,
Yoding bilan kezarmish. (x2)
Ming xil gumon ezarmish,
Yetar imtihon denglar. (x2)

Birga yurgan chamanlar
Sensiz ma’yus, parishon. (x2)
Firoqing o’tdi jondan,
Hajring beomon denglar.

Sen unda shodu xandon,
Bas endi hijron denglar.

Omon, omon, omon denglar,
Yoring sog’-omon denglar.
Omon, omon, omon denglar,
Hijron qiynar yomon denglar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon-omon
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 16, 2016