Sardor Rahimxon - Ona qizim

Sardor Rahimxon

Ona qizim

Men bog’bonman, g’unchamdirsan,
Yuzing shabnam yuvganmikan?
Buncha go’zal iforlisan?
Gulga qiyos gulyuz qizim.
Qo’shig’imda aytar so’zim,
Ona qizim, ona qizim.

Tilagim shu, g’am ko’rmagin,
Ko’zlaringda nam ko’rmayin.
Erkam bo’lgin baxti butun,
Ona qizim, ona qizim-ey, ona qizim.

Murg’akkina tirgagimsan,
Hayotimda keragimsan. (x2)
Ham quvonchim, ovunchog’im,
Ko’zmunchog’im, ona qizim, ona qizim.

Tilagim shu, g’am ko’rmagin,
Ko’zlaringda nam ko’rmayin.
Erkam bo’lgin baxti butun,
Ona qizim, ona qizim, ona qizim.

Erkaligi o’ziga xos,
Kulgulari yuziga mos.
Onasidan olgan andoz,
Biram go’zal munis qizim,
Hayotimda qolar izim,
Ona qizim, ona qizim.

Tilagim shu, g’am ko’rmagin,
Ko’zlaringda nam ko’rmayin.
Erkam bo’lgin baxti butun,
Ona qizim, ona qizim,
Hey ona qizim, ona qizim.
Ona qizim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona qizim
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 30, 2014