• Hayotda oz yashab, ko`p azob ko`rdim,
    Gohida yiqildim, gohida turdim.
    Sevgidan ham, do`stdan ham birvarakay kuydim,
    Dedingiz: “Jon bolam, saqlama dilda g`am.”

    Mehrning narxi yo`q, do`stlarning soni,
    Minnatli bo`larkan o`zganing noni.
    Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
    Bo`zlab qolma yo`qotgach hidlab ro`moli.

    Mehribonim onam,
    Beozorim onam,
    Beg`uborim onam,
    Onajonim, onam. (x2)

    Nomarddan ulfat qilib, boshimga kulfat qilib,
    Davlat ketganda oldim kimga kimligim bilib.
    Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar,
    Andishasiz yurganda ortimdan g`iybat qilib. (x2)

    Boshim toshga tekkanda, chekkanimda nadomat,
    Tangridan erta-yu kech so`ragan menga omad,
    Onam!

    Duolaringiz sabab omad quchog`in ochib,
    Davru-davronim keldi, yo`qchilik nari qochib.
    Aslida siz ekansiz mening baxtu-omadim,
    Quyoshdek porlab turing boshimda nurlar sochib,
    Onam, onam, onam.

    Mehribonim onam,
    Beozorim onam,
    Beg`uborim onam, (x2)
    Onajonim, onam.

    Ichim to`lib aytdim-da gapning xonasin,
    Bunchalar ham mo`rt bo`lar odam bolasi?
    Eng vaxshiy inson ham dod-faryod qilib,
    Yig`larkan hayotdan o`tsa onasi.

    Mehrning narxi yo`q, do`stlarning soni,
    Minnatli bo`larkan o`zganing noni.
    Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
    Bu dunyoda jannatim, omon bo`lsin joni.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.