Sardor Rahimxon - Otajonimsiz

Sardor Rahimxon

Otajonimsiz

Hayotim qo’rg’oni otajonimsiz,
Oilam sultoni, tanda jonimsiz, (x2)
Omonat dunyoda yolg’iz panohim,
G’ururim o’zingiz, ham vijdonimsiz. (x2)

Ko’zlarimning nuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz.

Xonadon fayzlidir siz bilan har dam,
Bizning baxtimizga sog’ bo’ling, bardam. (x2)
Yaxshiyu-yomonni tanitganimsiz,
Dovyurak qalqonim, eng aziz odam.

Ko’zlarimning nuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz.

Siz mening faxrimsiz, qahramonimsiz,
Sinovda yengilmas pahlavonimsiz, (x2)
Yosh boladay meni erkalab hamon,
Boshimni silagan otajonimsiz.

Ko’zlarimning nuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz,
Qalbimning huzuri otajonimsiz. (x2)

Qalbimning huzuri otajonimsiz…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otajonimsiz
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2014