Sardor Rahimxon - Otamdan yodgorim onam

Sardor Rahimxon

Otamdan yodgorim onam

Dilim berganlarim dilimdan yiroq,
Ko`ngil tutganlarim zimdan begona.
Men neki bo`lmayin – osmon-u tuproq,
Faqat siz qoldingiz men bilan, ona. {x2}

Yuzda ajin fursatdan ijod,
Ko`ksingizda dard shundoq ham bisyor.
Onam yoshin to`kdirma, hayot,
Axir onam ko`zida men bor,
Axir onajonim ko`zida men bor.

Munisam, xokisor onam,
Otamdan yodgorim onam.
Yo`llarim yoritguvchi shamchirog`im,
Ko`ksimda tumorim onam.

Qo`shiqlar bitdim barchaga talay,
Boy berildi fursatlar yana.
Mehringizga mos qo`shiq topolmay
Men kechikdim, kechiring, ona. {x2}

Hayot so`qmoq, tikan har qadam,
Kaft tutdingiz tovonim uzra.
Oh, otamdan omonatginam,
Siz eltdingiz meni bu kunga.

Oh, otamdan omonatginam,
Siz eltdingiz meni bu kunga.

Munisam, xokisor onam,
Otamdan yodgorim onam.
Yo`llarim yoritguvchi shamchirog`im,
Ko`ksimda tumorim onam.

U kunlardan qo`rqaman yomon,
Umrin ko`l qil, Xudoyim, oxir.
Shuncha chekkan g`am sabab onam,
Ko`p yashashga haqli-ku axir.

Shuncha chekkan g`am sabab onam,
Ko`p yashashga haqli-ku axir.

Chiroyligim, go`zalim onam,
Suyib, o`pib, ko`p erkalasam,
Siz bergan bu mehr yonida
Noo`rindir yorim rashki ham.

Munisam, xokisor onam,
Otamdan yodgorim onam.
Yo`llarim yoritguvchi shamchirog`im,
Ko`ksimda tumorim onam. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otamdan yodgorim onam
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 8, 2016