Sardor Rahimhon - Tanhoginam

Sardor Rahimxon

Tanhoginam

Kulib qo’ysang nogoh nurga to’lar olam,
Hayotimga hamroh, sen bitta yagonam.
Buncha chiroylisan, lolu xayronaman,
Ko’p qaramang deysan boqsam pinhona man.

Tanhoginam tanho – yolg’izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho – senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog’inaman har on.

Kulib qo’ysang nogoh dardlarim tark etar,
Yuragimdagi dog’, qayg’ularim ketar.
Bu yuragim titrar yoningdan men o’tsam,
Qaniydi vaslingni bag’rida men cho’ksam.

Tanhoginam tanho – yolg’izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.
Tanhoginam tanho – senla baxtim ayon,
Sening kulgularing sog’inaman har on.

Toma-toma gul bo’lib ko’zlaringdan tomchilar,
Dona-dona nur bo’lib yuzlaringdan sochilar…

Tanhoginam tanho – yolg’izim yorimsan,
Ziynatim bebaho ham betakrorimsan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tanhoginam
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2013