Shoxrux va Sardor Rahimxon – Yig'lar osmon

Sardor Rahimxon, Shoxrux

Yig’lar osmon

[Shoxrux]
Yuragimda bu ko`pdan beri yashaydi
G`alati bir tuyg`u, misoli bir ko`zgu.
Paydo bo`ldi to`satdan intilish, armon ezgu,
Hayratda qoldirdi mani bugungi kundagi orzu.

Nima kerak, nima kerak emas,
Ziyoni, foyda masalasida o`ylab korib,
Qadam bosish, xabar olish,
Xabar berish deganday harakatlarni asos qilish.

Hayronman, negadir yolg`iz qolganimda
Xayollarimga qo`yolmayman chegara,
O`zim-o`zim bilan hamisha ovora, savollarim yeru-osmon
Lekin uning hech biriga javob topa olmay bo`ldimku ovora.

Umrim boyi ko`rganimdan hayratdaman,
Hali ko`radigan ham go`yo ertak, bir afsona,
Ketarman hayrona,
Bardosh berib har bir holatimga, shamolga qarshi mardona.

[Sardor Rahimxon]
Yig`lar osmon, yig`lar qalbim,
Bilmayman nechun.
Yig`lar osmon, yig`lar qalbim,
Nechun, o, ne uchun? (x2)

[Shoxrux]
Har soat, har soniya yaxshilikni gumon qilib,
Borimga shukur qilish bilan kuzataman hayotning namoyishini,
Har bir yozgan kunini.
Albatta, xomush holatsiz, yuraklardagi mashaqatsiz
Dono bo`la olmas hech kimsa.

Hali ham jonni bedavo holatga keltiradigan fojeaviy
Voqealarga bardosh bera olsa, agarda bo`lsa qani.
Og`riganda dil birovning tili tufayli unutib ham kechirsa,
To`rt tomonim olam, to`xtab qolar nafasim bir dam,
Tebranib dam-badam, topmadim malham,
Xursand bo`ladigan bo`ldim man kamdan kam.

Oqadi ko`z yosh, sababini bila olmadim,
Mani tinglagani topilmadi sirdosh.
Hamma narsalar yetdi poyoniga, yondi, kuydi, bitdi quvonch,
Lekin o`lmadi ishonch ishonch…

[Sardor Rahimxon]
Yig`lar osmon, yig`lar qalbim,
Bilmayman nechun.
Yig`lar osmon, yig`lar qalbim,
Nechun, o, ne uchun? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lar osmon
Xonanda:
Sardor Rahimxon, Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 24, 2016