Dardi bedavo darbadaringman,
Sochilaman har tomon.
Yuzing istagim bir g’aribingman
Ey, jonu-jahon.

Nazar sol yoron, rahm ayla bo’l oshkor,
Sensiz holim notavon.
To’zdim ishqingda har damda beqaror,
Ey, rafg’ul bayon.

Yo Rab, ishqingda yor kuymoqdaman
Diydoring tilab.
Yo Rab, yo’qlarmisan, yoronim,
Bir bor erkalab? (x2)

Keldim eshigingga man talabi jamol,
Ta’zimdan boshim uzmay.
Ruhim tanda misli ofati shamol,
Tinch yotmagay.

Zikru-hayolim, maqsadim – o’zing,
Huzuringga aylagin mahram.
Armonimdir qoshu-ko’zing,
Azob bersang chekarman malham.

Yo Rab, ishqingda yor kuymoqdaman
Diydoring tilab.
Yo Rab, yo’qlarmisan, yoronim,
Bir bor erkalab? (x2)

Yo Rab, ishqingda yor kuymoqdaman
Diydoring tilab.
Yo Rab, yo’qlarmusan, yoronim,
Bir bor erkalab? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo Rab
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 18, 2014