Sardor Rahimxon - Yomg'ir

Sardor Rahimxon

Yomg’ir

Yodingdami, malikam,
O’shal go’zal ko’klam?
Ko’ngillar to’lib nurga,
Bizlar edik birga.

Bugun ham fasli bahor,
Hayot oqaverar,
Go’yo qo’shiq bo’lib, yor,
Yomg’ir yog’averar.

Yomg’ir yog’aver,
Olib kelaver
Menga xabar dildorimdan.
Yomg’ir yog’aver,
Dilga to’laver,
Og’rinmay qalb ozorimdan.

Yomg’ir yog’aver,
Qalbim bilaver,
Sog’inchim bor bahorimda.
Yorim kelar misli oyday,
Kulib, nozlanib bahorday.

Yurakdagi bahorim –
O’shal go’zal yorim,
Quvonchlar solib dilga,
Kular o’xshab gulga.

Bugun ham fasli bahor,
Hayot oqaverar,
Go’yo qo’shiq bo’lib, yor,
Yomg’ir yog’averar.

Yomg’ir yog’aver,
Olib kelaver
Menga xabar dildorimdan.
Yomg’ir yog’aver,
Dilga to’laver,
Og’rinmay qalb ozorimdan.
Yomg’ir yog’aver,
Qalbim bilaver,
Sog’inchim bor bahorimda.
Yorim kelar misli oyday,
Kulib, nozlanib bahorday.
(Yomg’ir yog’aver) (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2014