Husn elning malikasi kelinchak,
Yonida shoh-sulton kuyov to’ra,
Nurli-nurli bo’lsin bosgan izingiz,
Fayzu barakotli bo’lsin uyingiz.

Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Yoring yoningdadir, ko’z yosh qilmagin.
Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Bugun baxtli kuning, ko’z yosh qilmagin.

Kelin-kuyov zimdan sirli qarashar,
Suluvlar qalbiga o’tlar qalashar,
Jo’ralari poyandozin talashar,
Yaxshi niyat bilan bog’lab beliga.

Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Yoring yoningdadir, ko’z yosh qilmagin.
Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Bugun baxtli kuning, ko’z yosh qilmagin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yora
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 23, 2014