Sardor Rahimxon - Yorim bo'lsang

Sardor Rahimxon

Yorim bo’lsang

Yorim bo’lsang, dildan shodman,
Gar bo’lishni istamasang,
Chiroyli bir gulga aylan.
Har gal seni sog’inganda
Hidlab yuray bo’ylaringdan,
O’ylab yuray o’ylaringdan.

Yorim bo’lsang, dildan shodman,
Yor bo’lishni istamasang,
Chiroyli bir gulga aylan.
Ko’rgim kelsa seni jonim,
Hidlab yuray bo’ylaringdan,
O’ylab yuray o’ylaringni.

Yorim bo’lsang, dildan shodman,
Gar bo’lishni istamasang,
Moviy rang dengizga aylan.
Har gal seni sog’inganda
Cho’milayin shu dengizda,
Ko’milayin shu dengizga. (x2)

Yorim bo’lsang, dildan shodman,
Gar bo’lishni istamasang,
Oftob misol nurga aylan.
Har gal seni sog’inganda
Isinayin nurlaringda,
Ko’zga surtay nurlaringni. (x2)

Yorim bo’lsang…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yorim bo’lsang
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 15, 2014