Sardor Tursunov - Sevgi kuyi

Sardor Tursunov

Sevgi kuyi

Agarda sen qush bo`lsang, osmon bo`lardim,
Qo`l yetmas sohil bo`lsang, ummon bo`lardim.
Lekin sen dil ohlarim eshitmaysan,
Aytgan hamma so`zlarim yolg`on deysan.

Sevaman desam, sen ishonmaysan,
Ko`ngil dardimni hech eshitmaysan,
Balki bu dunyo ichra bir menga quloq solmaysan.
Qanotim bo`lsa, uchib ketardim,
Osmonga yetsam, osmondan so`rardim,
Bitta yo`l qolgan: skripka qo`limda, nolam chalaymu?

Agarda sen bahor bo`lsang, yomg`ir bo`lardim,
Kuzda xazonlar bilan to`kilardim.
Sensiz yashay olmasam, ayt, ne qilaman?
Bir navoga aylanib, yuragingda qolaman.

Sevaman desam, sen ishonmaysan,
Ko`ngil dardimni hech eshitmaysan,
Balki bu dunyo ichra bir menga quloq solmaysan.
Qanotim bo`lsa, uchib ketardim,
Osmonga yetsam, osmondan so`rardim,
Bitta yo`l qolgan: skripka qo`limda, nolam chalaymu? (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi kuyi
Xonanda:
Sardor Tursunov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2016