• Sarob guruhi - Kerakmas ekanman

    Sarob guruhi

    Kerakmas ekanman

    Kerakmas ekanman,
    Men uni sevdim, endi o`zgarmas ekanman.
    Gulim ketdi, gulsiz qolgan bir maskanman,
    Ayblab ketdi – men uni sevmas ekanman, hey.

    Kezaman bog`lar ichra, men gulimni izlab,
    Topa olmayabman yo`l, o`chdimi yo`limda izlar?
    Xazonlarga aylanib, yaproqlar yo`llarimni to`sadi,
    Gulim endi o`zga bog`bonning bog`larida o`sadi.

    Qo`llarimni cho`zaman-u, senga yetolmayabman,
    O`zing qurib, o`zing buzgan sevgingdan ketolmayabman.
    Sen xursandsan va baxtlisan,
    Men nega baxtga to`lmayabman, kutib tolmayabman?

    Kerakmas ekanman,
    Men uni sevdim, endi o`zgarmas ekanman.
    Gulim ketdi, gulsiz qolgan bir maskanman,
    Ayblab ketdi – men uni sevmas ekanman. (x2)

    Men o`sha bog`bonman, iforlaringni sog`ingan,
    Sen kelmaysan yonimga, men ham borolmay uzog`ingga.
    Ishonmayman, gulim, sendan ayrildimmi kuz, o`gir kel,
    Qutqarar deb, seni kutyabman, ayt men yashaymi tuzog`ingda?

    Seni yana ko`rgim keldi sensiz cho`l bu bog`imda,
    O`sha bog`da bo`lgim keldi, qani bo`lsang dimog`imda.
    Bera olmayman ortiq bardosh, xabaring yo`q ohimdan,
    Yuragimga to`lib ketdi, ayrildimmi mohimdan ?

    Kerakmas ekanman,
    Men uni sevdim, endi o`zgarmas ekanman.
    Gulim ketdi, gulsiz qolgan bir maskanman,
    Ayblab ketdi – men uni sevmas ekanman. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.