Sarvar Rahmatxo'jaev - Ikki qirg'oq

Sarvar Rahmatxo'jaev

Ikki qirg’oq

Bugun hamma yig’ilgandi,
Bugun sening kuning,
Sen bilan so’zlasha olar
Faqat eng yaqinlaring.

Borman deya o’ylar edim
Men yuragingda,
Afsus, lekin ilinmadim
Hatto bir nigohingga.

Ikki qirg’oq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan ko’nglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar so’lganidek hayotda,
Sensiz yo’qman men ham yorug’ dunyoda.

Sen olamda yagonasan,
Sevil, bo’l baxtiyor,
Senga armon bo’lsin doim
Yol’gizlik, sog’inch, ozor.

Termulaman ko’zlaringga,
Ne qilay to’yolmasam?
Nahot endi bu ko’zlarda
O’zimni ko’rolmasam?

Ikki qirg’oq, biri sensan, biri men,
Orasi uzoq ekan ko’nglimizning, sevgilim.
Suvsiz gullar so’lganidek hayotda,
Sensiz yo’qman men ham yorug’ dunyoda. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ikki qirg’oq
Xonanda:
Sarvar Rahmatxo'jaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 3, 2014