Bedor tunlar, yolg`iz eslab seni,
Sog`inchlar qiynar yuragimni.
Yulduzlar men uchun yoshlagan ko`z,
Armonlar yolg`iz menga chin do`st.

Intizorman sening bir so`zingga,
Nahot, qaytmaysan endi yonimga?

Endi birga bo`la olmaymiz,
Qancha intilsak ham biz.
Oramizni ajratar armon,
Sevgimiz bo`ldi xazon. (x2)

Yorug` hayot sensiz zulmat menga,
Qayg`u-azob takror yuragimga.
Izlaganim sen emas, bo`ldi bir dard,
Topganim armon bo`ldi faqat.

Intizorman sening bir so`zingga,
Nahot, qaytmaysan endi yonimga?

Endi birga bo`la olmaymiz,
Qancha intilsak ham biz.
Oramizni ajratar armon,
Sevgimiz bo`ldi xazon. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armon
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 13, 2015