Mehrdan yaralgan bog’ning bekasi,
Erta tong yarqiragan quyosh erkasi,
Sen baxt dunyosisan, mehr daryosi,
Hayot osmonining yulduzisan – ayol.

Muruvvat olamining shoxi sendadir,
Dunyo go’zalligi, baxti sendadir,
Gohi tog’dek bardosh, gohi sen qalbi quyosh,
Sabr-matonatning ko’zisan – ayol.
Baxtimsan sen ayol, g’ururimsan ayol.

Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol,
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol,
Ayol – mening onam, ayol – mening singlim,
Ayol – mening sevgilim. (x2)

Azaldan bu dunyoning bori sendandir,
Azaldan bu hayotning baxti sendadir.
Kuylar nolasida sen, qalbimizning qo’rida,
Munavvar tonglarning kunduzisan – ayol.

Goh bedor allalarning suyanchi o’zingsan,
Gohida yolg’izlikning sog’inchi o’zingsan.
Gohi sen umr yo’ldosh, gohi mehribon ona,
Ko’ksimga boshin qo’ygan singlimsan ayol.
Baxtimsan sen ayol, g’ururimsan ayol.

Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol,
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol,
Ayol – mening onam, ayol – mening singlim,
Ayol – mening sevgilim. (x2)

Ayol…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayol
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2013