Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Baxtli bo'l

Sarvar va Komil

Baxtli bo’l

Negadir og`ridi yurak,
Turarman senga baxt tilab.
Endi sen o`zganing yori,
Taqdirga men ko`ndim qarab.

Mayli, sevgim tark etaver,
Orzularimizga sen yetaver,
Mayli, sen barin unutaver.

Sen baxtli bo`l, meni hech o`ylama,
Meni deb yig`lama, undan meni izlama.
Sen baxtli bo`l, sen o`ylama meni,
Yolg`izim, baxtingni yetar ko`rsam seni.

Kunim o`tar unutay deb,
Balki bu tush, tong otar deb,
Bilsang, bu dard ayon o`zimga.
Esingdami, kechmayman derding?
Baxt qasrini birga quramiz derding,
Lek bugun yoningda men emas o`zga.

Mayli, sevgim tark etaver,
Orzularimizga sen yetaver,
Mayli, sen barin unutaver.

Sen baxtli bo`l, meni hech o`ylama,
Meni deb yig`lama, undan meni izlama.
Sen baxtli bo`l, sen o`ylama meni,
Yolg`izim, baxtingni yetar ko`rsam seni. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxtli bo’l
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2017