Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Notanish qiz

Sarvar va Komil

Notanish qiz

Hech kim uni tanimas,
Hech kim uni bilmas, a-a.
Surishtirdim, so’radim,
Hamma joydan izladim, a-a.

Umidvor bu
Yuragimda sevgi bor.
Qayerda u maftunkor?
Nigohlari beg’ubor.
(Seni sevaman.)

Yor, notanishsan menga yor,
Yo’llaringga intizor
Bo’laman men endi, yor.

Yuzlari beg’ubor,
Ko’zlari betakror,
Kulishi biram yoqimtoy.

Uni ko’rib men bir bora,
Aqlu hushimdan begona,
Notanish qizdan men zora,
Bir zumda yo’qotdim.

Toshkentdan qidirib,
Eski shahar tomondan
Uni topishga qaror qildim.

Darxonga men bordim, (u yo’q)
Chorsudan qidirdim, (u yo’q)
Chilonzordan topolmadim.

O’tdan-a, bo’tdan-a, sho’tdan-a,
Yana qidiray men sani qatdan-a?
Yana ko’zlarim izlab ovora seni.

O’tdan-a, bo’tdan-a, qatdan-a,
Yana topolmadim seni sho’tdan-a,
Yuragim ko’na olmas-a bunga nega?

Hech kim uni tanimas,
Hech kim uni bilmas, a-a.
Surishtirdim, so’radim,
Hamma joydan izladim, a-a.

Hattoki ismin bilmas,
Sira aqlga sig’mas, a-a.
Yana kimlardan so’ray?
Yana qaydan qidiray, a-a?
Notanish qiz…

Uzoq bu manzillar,
Bepoyon bu yo’llar,
Shoshilib orzuim tomon.

Yana ko’rsaydim bir bora,
Sog’inib yana men takrora,
Bo’lib ortingdan ovora
Faqat seni izlayman.

Toshkentdan men chiqdim
Samarqand yo’liga,
Uni izlab ovora bo’ldim.

Buxoroga bordim, (u yo’q)
Xivadan qidirdim, (u yo’q)
Vodiy tomonga yo’l oldim.

Hech kim uni tanimas,
Hech kim uni bilmas, a-a.
Hattoki ismin bilmas,
Sira aqlga sig’mas, a-a.

Iroda va Dildora,
Shahnoza va Dilnoza,
Balki ismi Kamola,
Umuman bilmayman.

Gulnoza va Sabina,
Zilola va Madina,
Yoki ismi Zarina,
Aslo topolmayman.

Bor, meni unda ko’nglim bor,
Asalimga so’zim bor,
Yana aytaman men takror:
(Seni sevaman.)

Yora, tinglayotgan bo’lsang zora,
Aytaman men yana bir bora,
Yana aytaman men takrora:
(Seni sevaman) Notanish qiz!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Notanish qiz
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 8, 2015