Sarvar va Komil (Benom guruhi) – Ortingga qara

Sarvar va Komil

Ortingga qara

Yana tun, yana dard,
Ko`zlarim ichida yashiringan, qara.
Yana tun, yana g`am,
Qanday bu dardlarga chidayapman, so`ra!

Negadir o`zgarding
Yoki xato qildimmi, bilmayman hamon.
Sen ketding, unutding,
Sevgimiz shartlarini sen buzding oson.

Bir bor ortingga qara,
Ahvoling ne deb so`ra,
Nahot begona endi
Bo`lamiz ertaga?

So`nggi bor ortga qara,
Yuragim dardin so`ra,
Nahot o`zgani endi
Quchasan ertaga?

Sen bir bor, so`nggi bor
Seni sevaman deya aldagin meni.
Umidvor men takror,
Baxtli qilaman deya yashardim seni.

Yuragim bezovta,
Bugun muhabbatim unutilgan sana.
Sen mendan uzoqda,
Hech bo`lmasa menga so`nggi bora qara.

Bir bor ortingga qara,
Ahvoling ne deb so`ra,
Nahot begona endi
Bo`lamiz ertaga?

So`nggi bor ortga qara, (So`nggi bor ortga qara)
Yuragim dardin so`ra, (Yuragim dardin so`ra)
Nahot o`zgani endi (Nahot sen o`zgani)
Quchasan ertaga?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ortingga qara
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016