Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Qaniydi seni

Sarvar va Komil

Qaniydi seni

Juda chiroylisan, juda ham go’zalsan,
Bunga gumon yo’q sira.
Butun chiroyingga butkul ishongansan,
Atrofdan bir o’zingga qara.

Qara, senga tuyg’u bo’lib qolgan kulgu,
Asling chiroyingga berkingan.
Qara, muhabbatin senga izhor etsa,
Sen emasmi bundan jirkangan?

Gohi rad etasan, gohida umid berib,
Sevgi bilan o’ynaysan.
Senga ko’ngil qo’ygan necha yuraklarning
Dardi bilan hech qiziqmaysan.

Qaniydi seni ko’rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda,
Qaniydi bir tun o’ylamay yotsam,
Unutsam seni uyg’onganimda.

Oh, qaniydi seni sevmaganimda,
Husning ortida o’zga bo’lganida.
Qaniydi seni bag’rimga bosib,
Beg’uborim, deb aytolganimda…
Afsus, bular armon… afsus, bular armon…

Goh dili vayronman, gohida hayronman,
Senga farqi yo’q sen kim bilan.
Mayli, men ko’nikdim, seni sevganlarni
Jazolama sevgisi bilan.

Ko’nikdim – sevmaysan, ko’ndim – o’ylamaysan,
Tuyg’u sen uchun bir o’yinchoq.
Go’zal yaralgansan, seni sevganlarni
Qiynash uchun yaralgan qo’g’irchoq.

Qaniydi seni ko’rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda,
Qaniydi bir tun o’ylamay yotsam,
Unutsam seni uyg’onganimda.

Qaniydi seni sevmaganimda,
Husning ortida o’zga bo’lganida.
Qaniydi seni bag’rimga bosib,
Beg’uborim, deb aytolganimda.
Afsus bular armon… afsus bular armon…
Afsus bular armon…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaniydi seni
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 19, 2014