• Ishonmasdi sevgiga qizaloq,
    U o’ylardi – sevgi dunyoda yo’q,
    Sevgi – o’ylab topilgan o’yinchoq,
    Sevgi nima bilmasdi qizaloq.

    Bir kun bog’ning yonida qizaloq,
    Uchratdi u bir yigitni biroq,
    Sevib qoldi u yigitni ko’rib,
    Yigit esa boqmadi qayrilib.

    Sevib qoldi u yigitni,
    Ilk marta, birinchi bora. (x2)

    Oylar o’tdi, ketidan yillar ham,
    Ortda qoldi bolalik damlar ham,
    Lekin hamon ko’zlari to’la nam,
    Eslar edi qiz yigitni har dam.

    Yana qayta o’sha bog’ yonida
    Ketaverar qizaloq yo’lida.
    Nogoh to’sib bir yigit yo’lini,
    Izhor qilib so’radi qo’lini.

    Qizaloq jim turardi uyalib,
    Ikki yuzi olmadek qizarib,
    Axir nogoh izhor etgan yigit
    Kelib chiqdi o’sha yigit bo’lib.

    Sevdi, sevdi yana qizaloq,
    Ko’zlar to’la quvonchli ko’z yosh.
    Bo’ldi-bo’ldi endi kelinchak,
    Sevgan baxti yonida endi.

    Sevib qoldi u yigitni,
    Ilk marta, birinchi bora.
    Yigit ham sevar uni
    Qizaloq sevgisidan ko’ra. (x2)