• Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Raqs tushar

    Sarvar va Komil

    Raqs tushar

    Raqs tushar xola, davrani keng oling tog`a,
    Raqs tushar tog`a, davrani keng oling og`a.
    Raqs tushar yanga, to`yxonada sochilar tanga,
    Raqs tushar amma, qani o`ynab-kulsin hamma, hamma.

    Dum-dumaloq yuzlari, jing-jingalak sochlari,
    Yurak dukurlar, yurak dukurlar.
    To`yxonada to`y bugun, kirib kelar oy bo`lib,
    Shirin kelinchak, go`zal kelinchak.

    Yarashibdi bo`ylari, qutlug` bo`lsin to`ylari,
    Kuyov muborak, kelin muborak.
    To`yxonada to`y bugun, to`yxona xushro`y bugun,
    Visol muborak, to`ylar muborak.

    Raqs tushar xola, davrani keng oling tog`a,
    Raqs tushar tog`a, davrani keng oling og`a.
    Raqs tushar yanga, to`yxonada sochilar tanga,
    Raqs tushar amma, qani o`ynab-kulsin hamma, hamma.

    Hamma havasda bugun, dillar payvasta butun,
    Sho`x soz yangrasin, dillar yayrasin.
    To`yxonani to`ldirib, shodlikka to`lib-to`lib,
    Hamma o`ynasin, barcha quvnasin.

    Bir, ikki, uch, qani hamma raqsga tush,
    Yana o`ynasin qaynona, gumburlasin to`yxona.
    Sho`x-sho`x tarona bo`lar, tonggacha shodiyona bo`lar,
    Bum-bum yana bugun butun, o`yna, quvna, yayra bugun.

    Raqs tushar xola, davrani keng oling tog`a,
    Raqs tushar tog`a, davrani keng oling og`a.
    Raqs tushar yanga, to`yxonada sochilar tanga,
    Raqs tushar amma, qani o`ynab-kulsin hamma, hamma.

    Raqs tushar xola…