Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Seni sevaman

Sarvar va Komil

Seni sevaman

Seni birinchi bor ko’rganimda
Ko’zlaringdan nur yog’ilardi go’yo,
Farishta misol beg’ubor jilovlanding ko’z oldimda.
Bu kipriklar, bu lablar,
Hech kimda yo’q tabassum
Meni bir umr o’ziga sehrlab qo’ydi.
Sen esa menga qarab turarding.

Sehrli ko’zlar,
Betakror bu kipriklar,
Yuragim qiynar.
Sening nigohing
Tanam uzra hayajon
Shu on yana uyg’otar.

Bu yellar atring yellaydi,
Bu yo’llar senga chorlaydi,
Qalbim bir so’zni takrorlar:

Seni sevaman bor vujudim bilan,
Seni sevaman, sevaman chin dildan,
Hijrondan tinmasman,
O’zimga sig’masman,
Yolg’izim seni sevaman,
Sevaman.

O’shanda men angladim –
Sen men bir umr qidirgan, orzu qilgan
Ertaklardagi malikamsan.

Vujudim to’zon
Sening bir nigohingdan,
Qarashingdan.
Shirin kulgular,
Bunchalar yoqimlisan,
Beg’uborsan?

Ayt, ayt, nega yana, ayt,
Ko’rganimda seni yuragimda hayajon shu payt?
Sen, sen yana qarab turasan,
Nigohingla meni yuragimga olov solasan.
Nozik qo’lchalaringdan, mayin bu sochlaringdan,
Kulganingda jilovlangan shirin kulgichlarindan,
Naqadar beg’uborimsan, ayt?

Lablaring gulga o’xshaydi,
Vaslingdan oy uyaladi,
Ko’zlarim hech senga to’ymaydi.

Seni sevaman bor vujudim bilan,
Seni sevaman, sevaman chin dildan,
Hijrondan tinmasman,
O’zimga sig’masman,
Yolg’izim seni sevaman.

Seni sevaman, seni sevaman,
Seni sevaman, baribir sevaman,
Sevaman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sevaman
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 3, 2014