Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Sorama

Sarvar va Komil

So’rama

Ketaveraman sevgim yo’lidan,
Izlayveraman joy men qalbingdan,
Seni so’rayman, o’zimni izlayman
Men tinmay ko’zingda.
Boraveraman sening ortingdan,
Qanchalar meni sen rad etsang ham.
So’ra jonimni, so’ra borimni, men beray.

Lekin sen
So’rama, seni unutishimni so’rama,
Mening ojiz qalbimni qiynama,
Sensiz yashashga meni undama, urinma.
Izlama,
Mening ketishimchun sabab izlama,
Buni bari bahona!
O’ylama,
Mening ahvolimni sen o’ylama,
So’rama!

Bugun seni yana esga oldim,
Sababi – uchrashuv joyimizdaman.
Bu yerlar hech ham o’zgarmagan,
O’sha-o’sha daraxtlar, o’sha-o’sha soyabonlar,
Faqat sen, sen yo’qsan yonimda.

Aylanaverar tinmay savollar,
Qaylarda qoldi o’sha orzular?
Men ishonmayman, yo’q, men ko’nolmayman
Sensizlik dardiga.

Ko’zlaringda dard, yerga qaraysan,
Xuddi aybingni tan olganday
Mendan ko’zlaringni olib qochasan,
Qarolmaysan, ketishimni so’rayverasan,
So’rayverasan.
Lekin tushunolmaysan, seni qanday tark etay?
Axir seva turib seni, yana qanday unutay,
Unutay, seni men?

So’rama, seni unutishimni so’rama,
Mening ojiz qalbimni qiynama,
Sensiz yashashga meni undama, urinma.
Izlama,
Mening ketishimchun sabab izlama,
Buni bari bahona!
O’ylama,
Mening ahvolimni sen o’ylama,
So’rama!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’rama
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 11, 2013