Sarvar va Komil (Benom guruhi) - Yog'adi yomg'ir

Sarvar va Komil

Yog’adi yomg’ir

Mazmunsiz bu kunlar, maqsadsiz orzular,
Yuragimni ezar sendan qolgan dog’lar,
Negadir sen mendan, ojiz bu sevgimdan
Ketgansan sababsiz.

Yog’gan bu yomg’irlar dardlarim yangilar,
Sababi ular tinmay bir seni eslatar,
Sen mendan ketgan kun xayolimda kezar
Eslab yana.

Yog’adi yomg’ir dardlarimni bilgandek,
Yog’adi yomg’ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig’layapsan.

Yog’ar yomg’ir, go’yo orzularimiz to’kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog’ardi yomg’ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg’ir,
Yog’ar yomg’ir.

Javobsiz savollar tinmay takrorlanar,
Nega bu sevgimiz sarobga aylanar?
Hatto osmon yig’lar ahvolimga qarab,
Biz nega uchrashdik va ayrildik ne sabab?

Bizlarni shu yomg’ir uchrashtirgandi axir,
Endi uni bizga darddosh qilar taqdir,
Ketma-ket savollar, javobsiz javoblar,
Yuragimni tilkalar yog’gan bu yomg’irlar.

Yog’adi yomg’ir dardlarimni bilgandek,
Yog’adi yomg’ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig’layapsan.

Yog’ar yomg’ir, go’yo orzularimiz to’kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog’ardi yomg’ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg’ir,
Yog’ar yomg’ir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yog’adi yomg’ir
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 15, 2014