Sarvar - Bugun bayram

Sarvar

Bugun bayram

Beg`ubor sevgi-muhabbatim, nurga to`ldi yuraklar,
Ro`yobga chiqar albatta barcha ezgu-niyatlar.
Intilib ko`kda yulduzlarga, qalblarda olov yonar,
Yoshlikdan so`zlaydi bizlarga bu go`zal taronalar.

Mana bugun yurtimizda bayram, o`ynaymiz yayrab dildan,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko`ngildan.
Mana bugun yurtimizda bayram, ushaladi orzu-umidlar,

Bugun baxtu-shodlik do`stlar, davrani keng olinglar,
Yangrasin sho`x kuy-taronalar, birga o`ynab-kulinglar.
Quvonchga to`lib boshimizdan yog`dular sochar osmon,
Ushaladi orzu-umidlar, biznikidir bu zamon!

Mana bugun yurtimizda bayram, o`ynaymiz yayrab dildan,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko`ngildan.
Mana bugun yurtimizda bayram, ushaladi orzu-umidlar,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko`ngildan.

Mana bugun yurtimizda bayram…
Bizga havas qiladi butun olam…

Mana bugun yurtimizda bayram, o`ynaymiz yayrab dildan,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko`ngildan.
Mana bugun yurtimizda bayram, ushaladi orzu-umidlar,
Bizga havas qiladi butun olam, kuylaymiz chin ko`ngildan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bugun bayram
Xonanda:
Sarvar
Muallif:
Ibrohim Jiyanov
Bastakor:
Rustam To'lashev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2016