Sarvar - O'zbekiston faxrim

Sarvar

O’zbekiston faxrim

Sahrosida bog`lar gullagan diyor,
Ayt, sendek go`zal vatan yana qayda bor?
Bag`rida yuz millat yashaydi baxtiyor,
Yuragimda senga so`nmas mehrim bor.

O`zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Sening noming bilan uradi bu jon!
O`zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Farzandingmiz, senga ko`ksimiz qalqon.

Tonglar otar, har tong o`zgacha nurli,
Insonlari ham oqibatli, mehrli.
Keksalar qo`llarini ochib duoga,
Bu yurtni to`ldirar baxtga, nurga, ziyoga.

O`zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Sening noming bilan uradi bu jon!
O`zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Farzandingmiz, senga ko`ksimiz qalqon.

Bobolarim qadrlab tildan qo`ymagan,
Farzandlarining kelajagini o`ylagan,
Olislarda yurib, qadringni bildim,
Baxt neligin bilmas qadring bilmagan.

O`zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Sening noming bilan uradi bu jon!
O`zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Farzandingmiz, senga ko`ksimiz qalqon.
Kelajaging buyukdir O`zbekiston!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston faxrim
Xonanda:
Sarvar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2016