Sato guruhi - Ko'z tegmasin

Sato guruhi

Ko’z tegmasin

Yor dudog’in boliga ko’z tegmasin,
Gul yuz uzra xoliga ko’z tegmasin. (x2)
Lablaringning oliga ko’z tegmasin,
Omadu iqboliga ko’z tegmasin. (x2)

Tegmasiney, tegmasin,
Ko’z tegmasiney.
Tegmasiney, tegmasiney,
Ko’z tegmasin.

Husni oy birlan talashur, hoynahoy,
Senda ko’pmu yoki menda deb chiroy. (x2)
Buncha ham shakling go’zal, san’atga boy,
Dilbarim xush holiga ko’z tegmasin. (x2)

Tegmasiney, tegmasin,
Ko’z tegmasiney.
Tegmasiney, tegmasiney,
Ko’z tegmasin.

Ofarin der barcha kunduz qoshiga,
Tahsin aylab yor o’n sakkiz yoshiga, (x2)
Ishq eli maftun husn naqqoshigaey,
Ul pari timsoliga ko’z tegmasin. (x2)

Tegmasiney, tegmasin,
Ko’z tegmasiney.
Tegmasiney, tegmasiney,
Ko’z tegmasin.

Yor dudog’in boliga ko’z tegmasin,
Gul yuz uzra xoliga ko’z tegmasin.

Ko’z tegmasin,
Ko’z tegmasin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’z tegmasin
Xonanda:
Sato guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2013