Toir Qo`ziyev - Yorim jamolini o`ylayman

Sato guruhi

Yorim jamolini o’ylayman

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolin o’ylayman. (x2)
Yuragimdin duolar aylab,
Aning kamolin o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.

Sumbul soch-u, g’uncha lab o’zi,
Ohu kabi xumordir ko’zi. (x2)
Shaydo qilur aning gul yuzi,
Qop-qora xolini o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.
Kecha-kunduz xayollar surib-ey,
Yorim jamolini o’ylayman.

Oq siyna-yu ham sarviqomat,
Boshdin oyog’idir malohat. (x2)
O’shandadir bor latofat,
Ruxsori holini o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.
Kecha-kunduz xayollar surib-ey,
Yorim jamolini o’ylayman.

Qora soch-u ham shirin tanin,
Durdonadir tishlarin barin. (x2)
Ham yana shirin kalomin,
Qoshi hilolini o’ylayman. (x2)

Kecha-kunduz xayollar surib,
Yorim jamolini o’ylayman.
Kecha-kunduz xayollar surib-ey,
Yorim jamolini o’ylayman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yorim jamolini o’ylayman
Xonanda:
Sato guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016