Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o`g`irlasam maylimi?
O`rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o`g`irlasam maylimi?

Sevgi bilan oqshom-u tonglar go`zal,
Sehr to`la tim qora ko`zlar go`zal. (x2)
Sevdim degan nozik ma’noli so`zlar go`zal, {x2}
Oh, go`zal, oh go`zaldur.

Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o`g`irlasam maylimi?
O`rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o`g`irlasam maylimi?

Mehr ila noz-u qarashlar shirin,
Senla o`tgan har bir lahzalar shirin. (x2)
Rashk o`tida yongan azoblari ham shirin, {x2}
Oh shirin, oh shirindur.

Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o`g`irlasam maylimi?
O`rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o`g`irlasam maylimi?

Yorim, sening umr yo`ldoshing bo`lay,
Yaxshi-yomon kunda sirdoshing bo`lay. (x2)
Kulsang kulib, yig`laganda ko`z yoshing bo`lay, {x2}
Yor bo`lay, yoring bo`lay.

Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o`g`irlasam maylimi?
O`rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o`g`irlasam maylimi? (x2)

Yuragingni o`g`irlasam maylimi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aylanay
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 5, 2018