• Setanho (Setora) guruhi - Aytolmasman qo'shiq matni, lyrics

    Setanho guruhi

    Aytolmasman

    Qaniydi, tushga aylanib qolsa edi hozirgi holim,
    Qaniydi, meni unutib, o`zgani sevib qolsang.
    Nega taqdirim oldinroq seni uchratmagan axir,
    Axir bu ko`nglim senda emasdi.

    Aytolmasman hech ko`zlaringga,
    Bilsang edi, bor sevgim o`zga.
    Xayol degani sen uchun menman,
    Aytolmasman, aytolmasman. (x2)

    Beg`ubor, toza yuragingga
    Ozor berishdan qo`rqaman.
    Sevgi yo`q ekan, deb qalbingda
    Ishonch yo`qolar, bilaman.

    Qani sendayin sevgi qadriga
    Yeta olsa har kim,
    Dunyoda qayg`u bo`lmasmidi?

    Aytolmasman hech ko`zlaringga,
    Bilsang edi, bor sevgim o`zga.
    Xayol degani sen uchun menman,
    Aytolmasman, aytolmasman. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.