Setanho (Setora) guruhi - Bibixonim qo'shiq matni, lyrics

Setora guruhi

Bibixonim

Moziydan sog`inch yog`ilar,
Osuda saroy o`kinar,
Qayda ul sanam Bibixonim-o?
Xor g`arib dardin ololgan,
Zor yetim boshin silagan,
Mehribon, dono Bibixonim-o.

Ko`hna dunyo soldi ne savdolarni,
Yuzlab nokas to`kkan bu yolg`onlarni.
Ig`volarni iymon bilan yenggan ul,
Dardlarin yutgan Bibixonim-o,
Buyuk Temur rozi sizdan, mohim-o.

Qalbida farzand armoni,
O`rtasa hamki fig`oni,
Ko`rsatmas edi Bibixonim-o.
Ko`rolmay aziz boshini,
O`gu soldilar oshiga,
Hasadlar qurboni Mohim-o.

Ko`hna dunyo soldi ne savdolarni,
Yuzlab nokas to`kkan bu yolg`onlarni.
Ig`volarni idrok bilan yenggan ul,
Dardlarin yutgan Bibixonim-o.

Ayol borki bu – matonat, sadoqat,
Ham did-farosat, nangu yashar nafosat.
Jon kuyarlik bu – mehr, sof muhabbat
Asli sizdan meros, Bibixonim-o.

Necha zamon, o`tdi ne asrlar,
Jo`shar hamon sizdagi qat’iyat.
Har bir ayol joniga singib ketgan
Sizdagi mehr, Bibixonim-o. (x2)

Buyuk Temur rozi sizdan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bibixonim
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2018