Bobolarim izi qolgan,
Terlarining tuzi qolgan,
Har gardingda ko`zi qolgan,
Muqaddas ona tuprog`im.

Nuridiydam, qarog`imsan,
Yo`l ko`rsatgan charog`imsan,
Ham quvonch-u ham ohimsan,
Muqaddas ona tuprog`im.

Daholarning beshigidan,
Abadiyat eshigidan,
Hayotimning mazmunisan,
Muqaddassan, Ona Elim. (x2)

Ko`zga surtay gardlaringni,
Dilga olay dardlaringni.
Ulug`lay er-mardlaringni,
Muqaddas ona tuprog`im.

Nuridiydam, qarog`imsan,
Yo`l ko`rsatgan charog`imsan,
Ham quvonch-u ham ohimsan,
Muqaddas Ona tuprog`im.

Daholarning beshigidan,
Abadiyat eshigidan,
Hayotimning mazmunisan,
Muqaddassan, Ona Elim. (x2)

Bobo meros chinorlarim,
Osmon o`pgan minorlarim.
Ichan qal’a, Sherdorlarim,
Muqaddas Ona tuprog`im.
Ona tuprog`im!

Daholarning beshigidan,
Abadiyat eshigidan,
Hayotimning mazmunisan,
Muqaddassan, Ona Elim. (x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Elim
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 30, 2018