Setanho (Setora) guruhi - Muhabbat yoki o'lim qo'shiq matni, lyrics

Setora guruhi

Muhabbat yoki o’lim

Muhabbat yoki o`lim,
Tanla deb tirasa hayot tig`in,
Jovdirab boshing egma,
Toshyuraklarga tiz cho`kma.

Bir lahzalik umring
Qolganda ham faqat sevgi deb yasha.
Xo`rlatmagin sevgingni sen aslo,
Joningni bergin sevgi uchun.

Sukunat ichida qoldingku bugun,
Soldilar ma’yuslik yuragingga.
Tanangni qopladi bu sovuq qayg`u,
Chang soldi ayt kimlar, toza sevgingga?

Aybi yo`q ko`zlaring yig`lar,
Sevgidan qatra yosh to`kilar.

Muhabbat yoki o`lim,
Tanla deb tirasa hayot tig`in,
Jovdirab boshing egma,
Toshyuraklarga tiz cho`kma.

Bir lahzalik umring
Qolganda ham faqat sevgi deb yasha.
Xo`rlatmagin sevgingni sen aslo,
Joningni bergin sevgi uchun.

Nadomat chekmagin yorug` sevgingdan,
Bardoshing yetmasa azoblarga.
Razolat oldida bo`lmagin zabun,
Tashlama sevgingni hijronlarga.

Sen yurgan yo`lingdan qaytma,
Qo`lingda o`z baxting, yo`qotma!

Muhabbat yoki o`lim,
Tanla deb tirasa hayot tig`in,
Jovdirab boshing egma,
Toshyuraklarga tiz cho`kma.

Bir lahzalik umring
Qolganda ham faqat sevgi deb yasha.
Xo`rlatmagin sevgingni sen aslo,
Joningni bergin…

Muhabbat yoki o`lim,
Tanla deb tirasa hayot tig`in,
Jovdirab boshing egma,
Toshyuraklarga tiz cho`kma.

Bir lahzalik umring
Qolganda ham faqat sevgi deb yasha.
Xo`rlatmagin sevgingni sen aslo,
Joningni bergin sevgi uchun.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbat yoki o’lim
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 15, 2018