Sevgimiz g’unchasin o’tlarga tashlab,
Mendan ketar bo’lding, nedir gunohim?
Eslasam o’zingni yuragim g’ashlab,
Bag’rimni tirnaydi sog’inchim, ohim. (x2)

Ohim, ohim, osmonga yaqin, (ohim, ohim)
Ohim, ohim, nedir gunohim?
Ohim, ohim, xayollarni og’u qilib,
Yetmadi senga. (haa, haa)

Endi seni izlay desam, yo’q yo’lim,
O’zga yor bilan baxtlidirsan shu dam.
Yurak olov bo’ldi, beorom dilim,
Sevgimga javoban berding dard-alam. (x2)

Ohim, ohim, osmonga yaqin, (ohim, ohim)
Ohim, ohim, nedir gunohim?
Ohim, ohim, xayollarni og’u qilib,
Yetmadi senga. (x2) (haa…)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ohim
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2015