Setanho (Setora) guruhi - Omonat dunyo qo'shiq matni, lyrics

Setora guruhi

Omonat dunyo

Dunyo savdosi o`tadi,
Dilning ohlari o`tadi. (x2)
O`z navbatida davr o`tadi,
O`z navbatida o`tadi.

Ammo bu osmon ostida
Qoladi zamin joyida,
Neki bo`lsa ham zamonda.

Gul ham bir kun benazar
Qolganda so`lar, sarg`ayar. (x2)
Omonat umr, omonat umr
O`tmasin hecham besamar.

Har on bu osmon ko`ksida,
Qoladi oftob joyida,
Neki bo`lsa ham zamonda.

Qancha makoning o`zgarsa ham,
Qanchalik zamon o`zgarsa ham, (x2)
Qanchalik jahon, qanchalik jahon,
Qanchalik jahon o`zgarsa ham.

Ammo bu osmon ostida
Qocholmas inson taqdirdan,
Neki bo`lsa ham zamonda.

Neki bo`lsa ham zamonda…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omonat dunyo
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 15, 2018