Setanho (Setora) guruhi - Rahmonim qo'shiq matni, lyrics

Setora guruhi

Rahmonim

Salom, mening uyim, jon uyim salom,
Qadam bosdim, omon yetdim.
Sen tomon, sen tomon, Shukuriston.
Yig`lab kelar edim, sog`inib, o`ylab,
Mening uyim, nahot yetdim
Bag`ringga, elimga, zaminimga?

Rahmonim, meni asra yo`limda,
Bugun ham, ertaga, Rahmonim.
Rahmonim, sendan yagona tilagim –
Elt Vatanimga, Rahmonim.

Rahmonim…

Qolar poyim izi sahrolar ichra,
Yaqin qolar, asta esar shabboda,
Shabboda, mayin onlar.
Zeriksam, kuylayman sadolar uzra,
Shu’laliman, zabonliman.
Buyuk kun, buyuk tunga o`xshayman.

Rahmonim, meni asra yo`limda,
Bugun ham, ertaga, Rahmonim.
Rahmonim, sendan yagona tilagim –
Elt Vatanimga, Rahmonim.

Rahmonim…

Uzun-uzoq safarimda yolvorib so`radim,
Meni asra, yo Rab, deb so`radin…

Rahmonim, meni asra yo`limda,
Bugun ham, ertaga, Rahmonim.
Rahmonim, sendan yagona tilagim –
Elt Vatanimga, Rahmonim. (x2)

Rahmonim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rahmonim
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 19, 2017