Setanho (Setora) guruhi - Sen borsan qo'shiq matni, lyrics

Setora guruhi

Sen borsan

Sog`inchdan to`lib qalbim,
Surating yonida jim,
To`kilar qayg`u yoshim,
Seni eslab, yorim.

Sevgimiz og`ushida
Sevinchga to`lardi dil,
Bu kunlar tugamasdek
Ko`rinardi menga.

Jaranglaydi kulgularing,
Nigohlaring ko`z o`ngimda.
Sening ruhing yashar mangu,
Baribir men uchun…

Borsa-a-n,
Hayotimda borsan,
Yuragimda doim
Sen yasharsan. (x2)

Orzular bo`ldi yakson,
Afsuski endi yo`qsan.
Sen ketding yorug`, porloq,
Shirin hayot uchun.

Bo`lsa ham dilda alam,
Dardimga bo`lar malham,
Sevgilim, sendan qolgan
Beg`ubor xotira.

Jaranglaydi kulgularing,
Nigohlaring ko`z o`ngimda.
Sening ruhing yashar mangu,
Baribir men uchun…

Borsa-a-n,
Hayotimda borsan,
Yuragimda doim
Sen yasharsan. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen borsan
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 12, 2018