Ko`zlarim oldi samo, ro`yo bebaho,
Ko`rinishlari a’lo, so`zlari anvo.
Hammaning nazarida u bedard kimsa,
Lekin dardi bor aytsa.

Qalbimda ne borligin bilmaydi hech kim,
Bu bir kam dunyo o`zi ba’ziga zolim.
Yori bor edi, yo Rab, baxti yo`q nechun?
G`am-anduhlari uzun, ko`zyosh to`kadi.

Yig`lar edi yona-yona,
Vafoli jon, go`zal yasmin dona-dona.
Yig`lar edi nega yona,
Havasli yor, zebo yasmin dona-dona.

O yasminu habibi, qayg`uga botma,
Yolg`iz qoldim, demagin, faryodli yurma.
Oyning yarmi qorayu yarmi yorug`dir,
Hali baxting yonadir.

Qalbingda ne borligin bilmasin hech kim,
Bu bir kam dunyo o`zi joningga zolim.
Omading kelmasa gar, hech ham o`kinma,
Kuzlarga xazon bo`lma… Ko`zyosh to`kadi.

Yig`lar edi yona-yona,
Vafoli jon, go`zal yasmin dona-dona.
Yig`lar edi nega yona,
Havasli yor, zebo yasmin dona-dona. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yasmina
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2015