Baxtimga omon bo`l, o`sib katta bo`l,
Kunday yorug` bo`lsin umring – uzun yo`l,
Umring – uzun yo`l. (x2)

Bosgan qadamingdan unib chiqqan yo`l,
Uxla bolam, uxla jonim, alla yor, alla.

Onangning orzusi senda, jon o`g`ilcham,
Elning umidi ham senda, jon bolam,
Senda, jon bolam.

Senga ko`zi tekkan jumlai ona,
Uxla bolam, uxla jonim, alla yor, alla,
Uxla bolam, uxla jonim, alla yor, alla.

Alpomish, Temurlar ruhi qo`llasin, ruhi qo`llasin,
Ulug` ezgu ishlar sari yo`llasin, sari yo`llasin.

Umring shodon o`tsin, qayg`u bilmasin,
Uxla bolam, uxla jonim, alla yor, alla,
Uxla bolam, uxla jonim, alla yor, alla.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alla
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 22, 2017