Garchand bedor tunlar turar terilib,
Tushda ko’rganimga o’ngda yetmadim.
Men shu qadar senga ketdim berilib,
Hatto o’zimga nasib etmadim.

Ko’z yumib, yurakdan oxir kechdim-da,
O’zimda o’zimni saqlay olmadim.
Sendan bo’lak hech kimga
Va hech bir nimaga zarram qolmadi, hey.

Bilaman, so’nsam ham davomim kuyda,
Yog’du tezligidan oshar sevgimiz.
Bizning umrimizdan kamida, erkam,
Yuz yilga ortiqroq,
Yuz yilga ortiqroq yashar sevgimiz.

Bu sevgi mehrdan…
Bu sevgi…
Garchand bedor tunlar turar terilib…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu sevgi
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 28, 2015