Sevara Nazarxon - Dunyo

Sevara Nazarkhan

Dunyoni keng derding

Netay sog`lar ichra hastadur bu jon,
Sevgisiz hayotga bog`landi umr.
Tun bo`yi qalbimni qiynaydi armon,
Tun bo`yi yig`ladim, seni sog`inib.

Qaydadir sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim jondan.
Bahorda gullari to`kilgan daraxt,
Yana meni kutsin qahratonda, ayt.

Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so`zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Azizim, faqat sen yoshlar to`karding,
Men shirin damlardan nasiba oldim.
Hamon fahrdaman, shu hayot ichra,
Seni hammadan ham ko`proq sog`indim.

Xayolan qaygadir yana shoshildim,
Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.
Tun bo`yi bu gulga xiyonat qildim,
Tun bo`yi yig`ladim seni sog`inib.

Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so`zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dunyoni keng derding
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 8, 2016