• Sevara Nazarxon - Go'zal dema

    Sevara Nazarkhan

    Go’zal dema

    Har go`zalni go`zal dema,
    Go`zal sani demaguncha.
    Yolvorma, jonim, yolvorma,
    To o`zi yolvormaguncha. (x2)

    Yolvorib yoningga kelsa,
    Tovlanib yoningda tursa, (x2)
    Endi yoring bo`ldim desa,
    Sen dema, u demaguncha. (x2)

    Har go`zalni go`zal dema,
    Yor, go`zal sani demaguncha.
    Yolvorma, jonim, yolvorma,
    To o`zi yolvormaguncha.

    Go`zal ko`p jafo qilur,
    Ming noz ila ado qilur, (x2)
    Seni sevsa u, yor qilur,
    Sevma, seni sevmaguncha. (x2)

    Har go`zalni go`zal dema,
    Yor, go`zal sani demaguncha.
    Yolvorma, jonim, yolvorma,
    To o`zi yolvormaguncha.

    Yolvorma, jonim, yolvorma,
    To o`zi yolvormaguncha.

    Go`zal sani demaguncha…