Sevara Nazarxon - Izhori ishq qo'shiq matni, lyrics

Sevara Nazarkhan

Izhori ishq

Dilga ilk bor tushdi nogoh,
Dard, atalgan qora ishq.
Dard debonkim, aytma shonim,
Dardlarimga dori ishq.

Ishq so`zin she’rimga soldim,
Ishq bilan yondim va lek
Bilmam, oshiqlik nadir,
Bilmam asrori ishq?

Ishqqa tutashgan ko`ngilga
O`zga dard begonadir.
Men bo`libmanmi mohicha?
Dardmandi, devona ishq.

Oshiq o`lmak bu azob yo
Ishqsiz so`lmak iztirob.
Zori ishq bunga ko`ngil,
Garchi chekar ozora ishq.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Izhori ishq
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2017