Sevara Nazarxon - Kechikkan ko'ngil

Sevara Nazarkhan

Kechikkan ko’ngil

Yolg`iz afsus chekib, tanho yig`laysan,
Kiprikda marjonsan kechikkan ko`ngil.
O`zingga ham axir o`zing sig`maysan,
O`rtangan bir jonsan kechikkan ko`ngil.

Buni hayot deydi, unda armon ko`p,
Tamizni bilmagan ahli nodon ko`p.
Suyib turib, kuyib yurgan inson ko`p,
Ko`ksimda fig`onsan kechikkan ko`ngil. (x2)

Yolg`iz afsus chekib, tanho yig`laysan,
Kiprikda marjonsan kechikkan ko`ngil.
O`zingga ham axir o`zing sig`maysan,
O`rtangan bir jonsan kechikkan ko`ngil.

Xo`l-quruq yonadi o`t olsa to`qay,
Har kim ham o`ziga kun ko`rib o`tgay.
Lekin sen baribir dunyoga o`gay,
Adashgan mehmonsan kechikkan ko`ngil.

Dardsiz siniq bo`lmas, o`ylab fikr qil,
Dilga ishqni solgan Haqni zikr qil.
G`amdan baxt topibsan, sen ham shukr qil,
Muhabbat tomonsan kechikkan ko`ngil.

Buni hayot deydi, unda armon ko`p,
Tamizni bilmagan ahli nodon ko`p.
Suyib turib, kuyib yurgan inson ko`p,
Ko`ksimda fig`onsan kechikkan ko`ngil.
Yolg`iz afsus chekib, tanho yig`laysan,
Kiprikda marjonsan kechikkan ko`ngil.
O`zingga ham axir o`zing sig`maysan,
O`rtangan bir jonsan kechikkan ko`ngil. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechikkan ko’ngil
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 1, 2016