Sevara Nazarkhan - Ko'rgim kelar

Sevara Nazarkhan

Ko’rgim kelar

Umr oqmas bir tekisda tek,
Kimlarnidir hasrat yengadi,
Men topaman irodani lek
Ko’rgim kelar sizni negadir.

Hayot ko’hna, dono muallim,
Sadoqatli do’st bo’lar o’lim.
Garchi sizdan ayrodir yo’lim
Ko’rgim kelar sizni negadir.

Tun, kutaman oydin, yulduzli,
Kun kutaman nurafshon asli,
Hey, dilimni ezdi yolg’izlik,
Ko’rgim kelar sizni negadir.

Goh sevgidan toshgan daryosiz,
Goh mehrga tashna sahrosiz,
Men bilaman siz ham tanhosiz,
Ko’rgim kelar sizni negadir.

Muhabbatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir,
Sizsiz menga barcha yo’llar berk,
Ko’rgim kelar sizni negadir.

Tun, kutaman oydin, yulduzli,
Kun kutaman nurafshon asli,
Ey, dilimni ezdi yolg’izlik,
Ko’rgim kelar sizni negadir.
Negadir…

Tun, kutaman oydin, yulduzli,
Kun kutaman nurafshon asli,
Hey, dilimni ezdi yolg’izlik,
Yolg’izlik, yolg’izlik,
Ko’rgim kelar sizni negadir.

Ko’rgim kelar sizni negadir…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rgim kelar
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 18, 2013