So’zingning sharpasi tekkanda
Olam bop-bop kuygay, (x2)
Dengizlar, daryolar, hattoki
Ko’llarda, voyay, u bop kuygay,
Ko’llarda, voyay, u bop kuygay. (x2)

Kamondek qoshlaring
Kipriklaringdin o’q otar doim, (x2)
Sening yoding bilan tinmay
Hamma noz-u, voyay, itob kuygay,
Hamma noz-u, voyay, itob kuygay.

Yonib ishqingni qalbim
Kulga aylansa, voyay, ajab ermas,
Ko’zing osmonga tushganda
Lovullab oftob kuygay,
Lovullab oftob kuygay.

Olay toqatni qaydin?
Ko’zlaringga hech qarolmasman,(x2)
Tushubdir uchquni bag’rimga
Go’yoki, voyay, kitob kuygay,
Go’yoki, voyay, kitob kuygay. (x2)

So’zingning sharpasi tekkanda
Olam bop-bop kuygay,
Olam bop-bop kuygay.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kuygay
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 23, 2014